Бор меҳримиз сенга болажон

«Адолат» СДП Марказий аппарати ҳамда, Тошкент шаҳар ИИББ ЙҲХБ билан ҳамкорликда Тошкент шаҳар Олмазор туманида жойлашган 106-сонли заиф эшитувчи болалар учун ихтисослаштирилган мактаб интернатида 1 июнь — «Ҳалқаро болаларни ҳимоя қилиш» куни муносабати билан байрам тадбири ташкил этилди. Тадбирда «Адолат» СДП раиси Баҳром Абдуҳалимов, партия жамоаси, Тошкент шаҳар ИИББ ЙҲХБ бошлиғи полковник Жалилов Рафиқжон Қўлдошевич, масъул ходимлари, ОАВ ҳодимлари иштирок этдилар. Тадбир давомида болаларнинг вақтларини мазмунли ташкил этиш ва йўл ҳаракати хавфсизлиги қоидалари билан яқиндан таништириш мақсадида, Яшнабод туманида жойлашган «Уч авлод» боғида полковник Жалилов Рафиқжон Қўлдошевич бошчилигида болажонлар учун махсус ўқув семинари ўтказилди. Ўқув семинаридан сўнг, болалар қалбига янада кўпроқ қувонч улашиш истагида тадбир ташкилотчилари «Наврўз» боғига ҳам сайр уюштиришди. Мароқли хордиқдан сўнг болажонлар байрам дастурхонига таклиф этилди.

Published in: |on 3 июня, 2022 |No Comments »

1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) tashabbusi bilan «1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan forum tashkil etildi.

✨ «Biz turlimiz, biz tengmiz» shiori ostida o‘tkazilgan forumda Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati bir guruh faol yoshlari ishtirok etdilar.

Published in: |on 2 июня, 2022 |No Comments »

“So’nggi qo’ng’iroq” tadbiri

Tadbirda 267 ta o’quvchi va 43 nafar ota-ona hamda 9 nafar jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda Xalq ta’limi vazirligi bo’lim boshlig’i J.Fozilov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi TOQQ harbiylari, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Dilshod Rajab va Otabek Quvvat, O’zMU harbiy tayyorgarlik o’quv markazi katta o’qituvchisi O’.Karimov ishtirok etdilar.

✨O‘quvchilar tomonidan she’r va kuy-qo‘shiqlar kuylandi. Maktab-internat direktori tomonidan Prezidentimiz tabrigi o’qib eshittirildi. Tadbir UzReport telekanali orqali yoritildi.

Published in: |on 25 мая, 2022 |No Comments »

Mening kelajakdagi hayot yo‘lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi J.Raxmatullayev tashabbusi bilan «BUNYODKOR» FC yosh tarbiyalanuvchilari hamda Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

✨Yuqori saviyada uyushtirilgan o‘yindan bolalar o‘z murabbiylaridan nafaqat o‘yin texnikasi balki sportning o‘ziga xos madaniyatini ham o‘rgandilar. O‘yin so‘ngida do‘stlik g‘alaba qozonib mehmon jamoa maktab-internat o‘quvchilariga sovg‘alar ulashdilar.

Published in: |on 25 мая, 2022 |No Comments »

XAYR BIRINCHI USTOZIM!

«Mening sinfim-mening faxrim» shiori ostida adabiiy-badiiy nutq kechasi o‘tkazildi. Boshlashg‘ich sinf o‘qituvchisi A. Niyozoxunova o‘z shogirdlari va tarbiyachilari bilan birgalikda tayyorlagan kechada o‘quvchilar olgan bilimlarini sarhisob qilish bilan birga sermazmun sahna ko‘rinishlari ijro etdilar, raqslar guldastasi, yod olgan she’rlaridan namunalar aytib berdilar.

Tadbir so‘ngida o‘quchilarga faxriy yorliq va sovg‘alar taqdim etildi.

Published in: |on 24 мая, 2022 |No Comments »

«Jo‘rayev G‘ayrat kulol hunarmand» ustaxonasiga sayohat

Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi yoshlarini kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularni qadimiy hunarlardan hisoblangan kulolchilik kasbining o‘ziga xos nozik jihatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida MMIBDO‘ A.Mavlyanova, maktab-internat psixologi X.Abduraxmonov hamda targ‘ibotchi X.Maxamadsaidova tashabbusi bilan YTT «Jo‘rayev G‘ayrat kulol hunarmand» ustaxonasiga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida ustaxona rahbari G‘. Jo‘rayev hamda katta usta A. Jo‘rayevlar ustaxonani bolalarga tanishtirgan holda kulolchilik buyumlarining yasalish jarayonini nazariy tarzda to‘laqonli tushuntirdi. Tajribali ustalar ko‘magida maxsus loy va uskuna yordamida turli xil buyumlar yasagan o‘quvchilarning kulolchilik san’atiga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi.
Published in: |on 6 апреля, 2022 |No Comments »

Mehr chegara bilmas!

Toshkent viloyati Toshkent tumani 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining texnologiya fani o‘qituvchisi Po‘latova Malika To‘lqinovna boshchiligidagi bir guruh o‘quvchilari Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdilar.
✨ Maktab-internat tarbiyalanuvchilari o‘z tillarida o‘zlari haqida aytib berdilar. Bolajonlar ko‘nglini xushnud etishni niyat qilgan o‘quvchilar ularga o‘zlari bilan olib kelgan sovg‘alarni ulashdilar.
Published in: |on 5 апреля, 2022 |No Comments »

«Mehrli qo‘llar» fondi tashrifi

maktab-internati bolajonlarining bahoriy kayfiyatlarini ko‘tarish maqsadida «Mehrli qo‘llar» fondi tashabbusi bilan bayram dasturi tashkil etildi.
✨Elimiz suygan san’atkorlar va shou biznes vakillarining tashrifi o‘quvchilarga bir olam quvonch hamda ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir so‘ngida yozilgan bayram dasturxoni barchani xushnud etdi. Bugungi kun bolajonlar uchun unutilmas bo‘ldi.
Published in: |on 1 апреля, 2022 |No Comments »

«Сумалак сайли»

Published in: |on 31 марта, 2022 |No Comments »

Maktab-internatida «Navro‘z shukuhi»

Maktab-internatimizda «Assalom Navro‘z» deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Bayramga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi P.Xudoyberganov, 18-sonli BMSMdan dutorchi qizlar ansambli hamda doirachilar mehmon sifatida taklif etildi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she’r, ashula va raqslar, ustozlarning chiqishlari ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Bayram dasturi O‘zbekiston telekanalining «Assalom O‘zbekiston » ko‘rsatuvida namoyish etiladi.
Published in: |on 17 марта, 2022 |No Comments »